20:25 / 27.10.2016
4349

IHTT delegatsiyasi O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildi

26 oktabr kuni Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) Antonio Somma boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv «Yevrosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish» dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi D. Hidoyatov va delegatsiya rahbari Antonio Somma raqobat muhitini rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes eksport salohiyatini oshirish masalalarini muhokama etdi. Bu borada yaqindan hamkorlik qilish va tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi. 

Qo‘mita xodimlari delegatsiya a'zolari uchun «Eksport salohiyati va savdo taraqqiyoti: yangi imkoniyatlar va sinovlar» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. 

Uchrashuv so‘nggida tomonlar raqobat muhitini rivojlantirish hamda kichik va o‘rta biznesning eksport salohiyatini oshirish borasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishishdi.

Top