Maxsus laboratoriyalar O‘zbekistondagi yo‘llarning sifatini aniqlaydi
O‘zbekiston avtoyo‘lchilari yo‘llar sifatini yaxshilaydigan maxsus tadqiqot loyihasini ishga tushirmoqda. Loyiha o‘z ichiga zamonaviy tadqiqot texnikasi sotib olish, labaratoriya tekshiruvlari va yo‘llar kadastrini o‘z ichiga olgan. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l”dagi manba Sputnik muxbiriga ma'lum qilgan.
Asbob-uskunalar sotib olish bilan “O‘zavtoyo‘l” AJga qarashli bo‘lgan Ilmiy-tekshirish instituti shug‘ullanmoqda. Ushbu loyiha Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi 376 km mahalliy yo‘llarni yaxshilashga qaratilgan.
“Ushbu loyiha yo‘llarni texnik jihatdan boshqarish va ularni ta'minlash sifatini yaxshilashga qaratilgan. Eng yangi uskunalar mutaxassislarimizga yo‘llarning holati haqidagi ma'lumotlarni aniqlash va yo‘llar tarmog‘ini kengaytirishga yordam beradi”, — degan soha vakili.
Ilimiy-tekshirish institutidagi manbaning aytishiga ko‘ra, yangi sotib olinadigan uskunalar, bir tomondan qurilayotgan yo‘lar sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan – yo‘llardan foydalanish va yo‘llarning holati haqida ko‘proq ma'lumot to‘plashga yordam beradi. Shuningdek, olingan ma'lumotlardan yo‘l qurilishini rejalashtirishning zamonaviy uslublarida va dasturlash metodlarida foydalanish mumkin.
Iqtisodiyot vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 512 km yo‘lni ta'mirdan chiqarish rejalashtirilgan.
A380 yo‘lining "Buxoro – Nukus – Beynau" yo‘lnalishidagi 125 km. li Buxoro – To‘rtko‘l bo‘lagi sement-beton bilan qoplanadi.
M39 yo‘lining "Toshkent – Termez" yo‘nalishidagi uzunligi 50 km bo‘lgan G‘uzor – Termiz bo‘lagi – asfaltbeton bilan qoplanadi.
M37 yo‘lining "Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi" yo‘nalishidagi uzunligi 16,7 km bo‘lgan Samarqand — Navoiy bo‘lagi ham asfaltbeton bilan qoplanadi.
2016 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini ta'mirlashga 1 trilliondan so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Mavzuga oid
15:30 / 13.08.2021
Kun.uz tanqididan so‘ng ta'mirga tushgan ko‘cha 29 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib foydalanishga topshirildi
17:58 / 03.12.2020
Kun.uz'dagi tanqiddan so‘ng Urgutda davlat ahamiyatidagi yo‘lda ta'mirlash ishlari boshlandi
07:44 / 30.06.2020
Samarqand shahrida bosh reja loyihasiga muvofiq 14ta ajratma yo‘llar quriladi
20:44 / 04.08.2018