Malta Rossiya kemalariga yoqilg‘i quyib bermoqchi emas
Malta Tashqi ishlar vaziri Jorj Vella ma'lum qildiki, rasmiy Valletta mamlakat hududida rossiyaliklarning kemalari yoqilg‘i quyib olishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda Times of Malta xabar bergan.
Vazirning fikricha, Malta foyda haqida emas, o‘z tamoyillariga amal qilmog‘i zarur.
Shu bilan bir vaqtda Moskva tomoni Maltadan kemalariga yoqilg‘i quyishga sharoit yaratib berish bo‘yicha so‘rov yo‘llagan-yo‘llamagani aniq emas.
Bundan oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi O‘rta Yer dengizining sharqiy qismiga yo‘l olgan harbiy kemalarini, xususan «Admiral Kuznetsov» kreyserini yoqilg‘i bilan ta'minlash uchun Ispaniyaga so‘rov yubormagani ma'lum qilingandi.
Malta O‘rta Yer dengizining o‘rta qismida joylashgan orol bo‘lib, bu oroldan Suriya qirg‘oqlari yaqinigacha to‘g‘ri yo‘nalish bo‘ylab boshqa port joylashmagan.
Mavzuga oid
19:45 / 12.03.2024
Aholi va tadbirkorlarning yoqilg‘i va energiya narxlari qimmatlashishidan xavotirlari keskin oshgan
08:24 / 17.04.2023
G7 qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishni tezlashtirishga kelishib oldi
23:20 / 24.05.2021
Malta YeIda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishgan mamlakatga aylandi
22:31 / 10.04.2021