07:44 / 27.10.2016
4551

Obama Erdo‘g‘anni Turkiya va Iroq sa'y-harakatlarini IShIDga qarshi muvofiqlashtirishga chaqirdi

Foto: © AFP

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda Iroq bilan birgalikda IShIDga qarshi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bundan tashqari, AQSh prezidenti Turkiyaga Suriya muxolifatini IShIDga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Obama AQSh va Turkiya hamkorligi zarurligini ta'kidlab o‘tdi.     

 

Mavzuga oid
Top