Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon IShIDning G‘arbga hujum qilish rejasidan ogohlantirmoqda
Foto: Reuters
IShID terrorchilik tashkiloti Suriyaning Raqqa shahridan g‘arb mamlakatlariga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerikaning Suriya va Iroqdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Stiven Taunsend ogohlantirgan.
«Biz ularning nimanidir rejalashtirayotgani va u mamlakat tashqarisida hujumlarni amalga oshirish ekanini bilamiz. Ammo, biz ularning qayerda va qachon xuruj qilishini aniq bilmaymiz», — deya Taunsend so‘zlaridan iqtibos keltiradi CBS.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Raqqadan amalga oshiriladi. AQSh yetakchiligidagi koalitsiya aynan shu shaharni ozod qilishni rejalashtirmoqda.
Taunsendning e'tirof etishicha, Raqqani ozod etish uchun Mo‘sulga qaraganda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi.
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter xalqaro koalitsiya Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotga hozirlik ko‘rayotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
08:39
Tramp: “Zarurat bo‘lsa, Eronga quruqlik qo‘shinlarini ham yuboramiz”
23:27 / 02.03.2026
Trampning urushi: maktabga hujum dunyoni larzaga soldi
23:17 / 02.03.2026
Biz oson g‘alaba qozonamiz – Tramp urush boshlanganidan keyin ilk marta jonli efirda nutq so‘zladi
22:50 / 02.03.2026