«Real Sosedad» stadion atrofida uxlab qolgan uysiz kishini ishga yolladi. Bu haqda Marca xabar berdi.

35 yoshli Ruben Vitoriano va uning Mundo laqabli iti 3 yildan buyon San-Sebastyanda istiqomat qilib kelardi. Ular keyingi 8 oyda "Anoeta" stadioni yaqinida tunashgan.

Endilikda bu kishi basklar klubining stadionini parvarishlashda xizmat qiladi. Vitoriano bilan 2 oylik bitim tuzilgan va u o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatishi evaziga kelishuv uzoq muddatga uzaytirilishi ham mumkin.

Manba: Tribuna.uz