Sport | 09:38 / 27.10.2016
7996
1 daqiqa o‘qiladi
Spalletti matbuot anjumani vaqtida jurnalist savoli tufayli boshini stolga urdi
«Roma» jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya chempionati doirasida «Palermo»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani vaqtida jurnalistning jamoa ichidagi muhit yaxshi emasligi bo‘yicha aytgan savoliga o‘ta hischanlik bilan munosabat bildirdi. Bu holat videoyozuvi Vocegiallorossa.it nashrining YouTube portalidagi kanalida joylashtirilgan.
Jurnalist savolini berishni boshlaganida mutaxassis boshini stolga qayta-qayta urgan.
Qayd etish kerakki, bu uchrashuv Spalletti shogirdlarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.