15:55 / 28.10.2016
5466

Xitoy milliy aviatashuvchi kemasining korpusini qurib bitkazdi

Foto: bbc.com

Xitoyda milliy kemasozlar tomonidan birinchi harbiy aviatashuvchi kemaning korpusini barpo etish ishlari poyoniga yetdi. Bu haqda XXR mudofaa vazirligi vakillariga tayangan holda South China Morning Post gazetasi yozmoqda

Xitoy xalq ozodlik armiyasi tarkibida ikkinchi shu toifadagi kema bo‘ladigan aviatashuvchi Dalyanda barpo etilmoqda. U rejaga binoan, 2019 yilda foydalanishga topshiriladi. 

Harbiy ma'muriyat vakillari kemaning texnik jihatlariga batafsil to‘xtalmagan bo‘lsa-da, istiqbolli aviatashuvchi avvalroq, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari safiga qabul qilingan «Lyaonin» avianosetsiga o‘xshab ketadi. Uning qurilish ishlari 2015 yil dekabrida boshlangan edi. 

Top