Kechki dayjest: 28 oktabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 28 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Botir Parpiyev tadbirkorlar huquq va manfaatlarini shaxsan himoya qiladi
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev soliq to‘lashdan bosh tortayotgan tadbirkorlar ishi bilan shug‘ullanib, ularni prokuratura organlariga shaxsan yuboradi.
>>> Batafsil.
Almazbek Atambayev kimni O‘zbekiston prezidenti sifatida ko‘rishni xohlayotganini aytdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qator davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimi chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning mamlakat rahbari etib saylanishiga umid qilayotganini bildirdi.
>>> Batafsil.
1 noyabrdan boshlab Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi poyezdning harakatlanish vaqti o‘zgaradi
1 noyabrdan ayrim yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanish vaqtlariga o‘zgartirish kiritiladi.
>>> Batafsil.
Toshkent kafelaridan biridagi tunetsli sendvich mashmashasi
Facebook tarmog‘idagi "Potrebitel.uz" guruhi a'zolari iste'molchi sifatida biror bir mahsulot yoki xizmat ko‘rsatish markazlariga muntazam ravishda o‘z munosabatlarini bildirishadi. 28 oktabr, juma kuni Zlata Kazakova ismli foydalanuvchi Reggae bean kafesida ko‘rsatilgan xizmatga o‘z noroziligini bildirdi.
>>> Batafsil.
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘z o‘g‘lini 820 ming rublga sotib yubormoqchi bo‘ldi
Sankt-Peterburg tergov qo‘mitasi Rossiyaga O‘zbekistondan kelgan ayol ishini ko‘rib chiqdi. 34 yashar ayolga nisbatan o‘z bolasini sotish aybi qo‘yilgan.
>>> Batafsil.
Gulchehra Boboqulova o‘zini O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘radi
Moskvada shu yilning fevralida 4 yoshli qizchani o‘ldirgani uchun qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaning qonuniy vakili, yurist Aleksandr Goverdovskiyning ma'lum qilishicha, sudlanuvchi o‘zini O‘zbekistonga majburiy davolashga yuborishni so‘ragan.
>>> Batafsil.
Jahon bozorlaridagi neft narxi ko‘tarilmoqda
London va Nyu York birjalaridagi elektron savdolarda jahon neft narxi o‘sayotgani qayd etilmoqda.
>>> Batafsil.
Turkiya armiyasi Suriya shimolida so‘nggi kunlarda erishgan natijasini ma'lum qildi
Turkiya armiyasi, o‘tgan kunlarda, Suriya shimolida o‘tkazayotgan "Frot qalqoni" harbiy amaliyoti doirasida IShID terrorchilik tashkilotining 127ta harbiy inshootiga artilleriya zarbalari bergan.
>>> Batafsil.
Filippin prezidenti boshqa so‘kinmaslikka va'da berdi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma'lum qildiki, u xudoga boshqa so‘kinmaslikka va'da bergan.
>>> Batafsil.
Janubiy Koreya prezidentining reytingi rekord darajada tushib ketdi
Koreya Respublikasining davlat rahbari Pak Kin Xening mamlakat fuqarolari orasidagi obro‘si keskin tushib ketdi.
>>> Batafsil.
OAV: xusiylar Makka yo‘nalishida ballistik snaryad uchirdi
Yamanlik isyonchi xusiylar Islom dinining muqaddas shahri Makkai Mukarrama tomon ballistik raketani uchirishdi.
>>> Batafsil.
Novosibirskdan Farg‘onaga yo‘nalgan S7 Airlines samolyoti Olmaotada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Novosibirskdan Farg‘onaga qarab yo‘l olgan S7 Airlines kompaniyasi samolyoti Olmaotada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
>>> Batafsil.
Denis Istomin "Budapest Challenger – 2016" xalqaro turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida Professional tennischilar uyushmasi (ATP) tomonidan o‘tkazilayotgan "Budapest Challenger – 2016" xalqaro turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024