08:28 / 28.10.2016
9766

OAV: xitoylik razvedkachilar Pentagonning maxfiy rejalarini o‘g‘irlashgan

Foto: © AP

Xitoy razvedkasi Pentagonning Xitoy bilan ehtimoliy harbiy ixtilofga taalluqli maxfiy rejalarini o‘g‘irlagan. Bu haqda AQSh kongressi komissiyasi ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda Washington Free Beacon nashri xabar bermoqda

Ma'ruzada Xitoy razvedkasi xodimlari bir necha bor AQSh xavfsizlik tuzilmalari, jumladan Federal qidiruvlar byurosiga ishga kirganlari ta'kidlab o‘tilgan. AQSh mudofaa vazirligi vakillarining aytishicha, USPACOM’ning shartnoma asosida ishlovchi xodimi Benjamin Pirs Bishop tomonidan maxfiy hujjatlarning o‘g‘irlanishi va ularni Xitoy ayol fuqarosiga berilishi eng jiddiy holat bo‘lgan. 

Berilgan axborot Pentagonning rejalari, jumladan yadroviy qurolni joylashtirish, Xitoyga nisbatan strategiya bo‘yicha ma'ruzalarni o‘z ichiga olgan. Ta'kidlanishicha, Xitoy tomondan amerikalik xodimlarni yollash va ular tomondan maxfiy hujjatlarning berilishi bir necha marta yuz bergan.

 

Mavzuga oid
Top