00:09 / 28.10.2016
37970

Putin Rossiyaning keyingi prezidenti haqidagi savolga javob berdi

Foto: news.rambler.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklar mamlakatning keyingi yetakchisini tanlab, Rossiya tarixi darsligidagi keyingi bobi qanday bo‘lishini o‘zlari belgilaydilar, deb aytdi. Bu haqda "Gazeta.Ru" muxbiri xabar bermoqda.   

Putindan tarix darsligining keyingi bobi notinch deb atalmasligi uchun nima qilish kerakligi so‘raldi. 

"Men Yekaterinaga gender tamoyili bo‘yicha aniq o‘xshashmasman", deb hazil bilan javob berdi Putin.

Putinning aytishicha, asosiysi, "rus xalqining uyushqoqligiga erishishdir, muammolarni hal qilish uchun birlashishdir".

Putin Rossiyaning keyingi yetakchisi kim bo‘lishini odamlar hal qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Putin vaqti kelganda eson-omon pensiyaga chiqishni istayotganini aytgandi.

 

Top