Sankt-Peterburg tergov qo‘mitasi Rossiyaga O‘zbekistondan kelgan ayol ishini ko‘rib chiqdi. 34 yashar ayolga nisbatan o‘z bolasini sotish aybi qo‘yilgan.
Oldi-sotdi joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan. Ayol o‘z farzandini sotish uchun xaridor qidirgan. Ammo politsiya o‘z vaqtida jinoyatchini qo‘lga olishga muyassar bo‘lgan. U bilan kelishish uchun huquq-tartibot organi xodimi jo‘natilgan va shunda ayol qo‘lga tushgan.
Ayol bolasi uchun 820 ming rubl so‘ragan. Pulni olayotgan vaqt qo‘lga olingan.
Ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovchilar oktabr oyi so‘ngida barcha dalillar bazasini to‘plashgan. Unga ko‘ra, ayol aybdor deb topilib, barcha hujjatlar prokuraturaga oshirilgan.
Yaqin kunlarda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmish ushbu ayolning sudi bo‘lib o‘tadi.








