21:04 / 28.10.2016
18647

Tojikiston poytaxti va mamlakatning asosiy shaharlarida elektr toki o‘chib qoldi

Foto: AFP

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri va mamlakatning boshqa shaharlari, xususan, Xo‘jand, Qo‘rg‘ontepa va Ko‘lob shaharlari energiya tizimidagi nosozlik sababli elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda Bi-bi-si manbasi xabar tarqatgan.

Hozirda barcha hukumat muassasalari, davlat televideniyesi va radiostansiyalar elektr tokisiz qolgan.

Poytaxtdagi aeroport generator evaziga shtat rejimida ishlamoqda. Shuningdek, bu generator mobil aloqani ta'minlab turibdi.

Dushanba shahrida vahima boshlangani, ko‘pchilik ko‘chalarga chiqqani aytilgan. Aholi elektr ta'minoti uzilishi sababidan bexabar qolmoqda.

Ushbu hodisa sodir bo‘lishiga 2ta sabab taxmin qilinmoqda. Birinchisi — hukumat Vaxshni to‘sish chog‘ida portlashni amalga oshirayotganida ehtiyot chorasi sifatida elektr ta'minotini uzib qo‘ygan. Bu yerda gap Rog‘un GESi haqida bormoqda.

Ikkinchi taxmin esa haqiqatga yaqinroq. Unga ko‘ra, mamlakatning katta hududini elektr bilan ta'minlaydigan LEP 500 elektr tizimida nosozlik yuz bergan.

"Barki tochik" energoxoldingi ushbu hodisaga izoh bermagan, lekin vaziyat tez orada o‘nglanishiga va'da qilingan.

Tog‘li Badaxshon mustaqil energiya manbasiga ega bo‘lgani tufayli bu yerda elektr ta'minoti uzilmagan.

Ma'lumot uchun, Dushanbe shahrida 800 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Top