18:25 / 28.10.2016
5521

O‘zbekistonlik futbolchi qizlar Osiyo chempionatining saralash bahsida ilk uchrashuvini o‘tkazdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar terma jamoasi 2017 yili Xitoyda 19 yoshgacha qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bahsida ilk uchrashuvni Tojikiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Chempionatning saralash bosqichida O‘zbekiston, Xitoy Taypeyi, Gongkong, Pokiston va Tojikiston terma jamoalari  “V” guruhida o‘zaro bahs olib bormoqda.
Yoshlarimiz tojikistonlik tengdoshlariga qarshi o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni qo‘lga oldi. Raqiblariga ham jismonan, ham taktik jihatdan ustunligini namoyish etib, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Gollarga Shahnoza Qurbonova, Shoira Qulto‘rayeva, Malika Burhonova  mualliflik qildi.
Endi futbolchi qizlarimiz 31 oktabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi maydonga tushadi.

 

Top