AQSh prezidentlik sayloviga 10 kun qolganda saylovoldi vaziyati tubdan o‘zgarmoqda

Foto: AP
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Respublikachilar va Demokratlar partiyasi vakillari Federal qidiruv byurosiga murojaat qilishdi. Ular, sobiq davlat kotibi, AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning elektron yozishmalariga oid tergov ishlarini qayta boshlashga nima sabab bo‘lganini oshkor qilishni talab qilishgan, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
Ta'kidlanishicha, respublikachilar ham, demokratlar ham ushbu masalada yakdillik namoyish etmoqda. Ular yaqinda aniqlangan maktublarga oid batafsilroq axborot berishni va buni imkon qadar tezroq amalga oshirishni so‘rashgan.
Avvalroq, prezidentlikka nomzod Hillari Klintonning o‘zi ham FQBdan o‘zining elektron pochtasi bilan bog‘liq ish yuzasidan barcha ma'lumotlarni omma e'tiboriga havola qilishni talab qilgan edi. Klintonning prezidentlik saylovlaridagi asosiy raqibi respublikachi Donald Tramp tergovning qayta boshlanganini olqishladi.
Xususan, Senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi raisi, respublikachi Richard Berr Amerika xalqi Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lgan vaqtda nimalar qilganini to‘liq bilishiga haqli ekanini ta'kidladi.
Indiana shtati gubernatori, Respublikachilar partiyasining yana bir vakili Mayk Pens FQBni tergovga aloqador barcha maktublarni zudlik bilan e'lon qilishga undadi.
«Bizning prezidentlik sayloviga 10 kun qolganida bunday holatga duch kelishimiz qandaydir g‘aroyib hodisa», — deya izoh bergan Klinton shtabi rahbari Jon Podesta. Eslatib o‘tamiz, uning maktublarini WikiLeaks sayti e'lon qilib kelmoqda.
AQSh Kongressi Vakillar palatasidagi kamchilik fraksiyasi rahbari Nensi Pelosi ham, FQB keng jamoatchilik manfaatlaridan kelib chiqqan holda, maktublarni oshkor qilishi lozimligini, respublikachilarga saylovlarga 11 kun qolganida yolg‘on ta'kidlar bilan chiqishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan.
Demokratik partiyaning boshqa ayrim vakillari ham FQB rahbari Jyeyms Komi va AQSh Bosh prokurori Loretta Linchni, turli mish-mishlarga chek qo‘yish maqsadida to‘liq ma'lumotlar berishga chaqirgan.
Avvalroq, FQB direktori Jyeyms Komi Klintonning davlat kotibi bo‘lgan vaqtlarda davlat yozishmalarini xususiy pochta serveri orqali yuborganiga oid tekshiruvlarni qayta boshlashini ma'lum qilgan edi. Bunga shu ishga aloqasi bor yangi maktublarning paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan.
The New York Times gazetasining yozishicha, Hillari Klintonning elektron yozishmalariga oid ish yopilganidan so‘ng, Klintonning bosh yordamchisi Huma Abedin va uning turmush o‘rtog‘i Entoni Vinerning elektron qurilmalarida ushbu ishga aloqador yangi maktublar topilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
O‘zbekiston | 16:35
-
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
Jahon | 16:28
-
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
Jamiyat | 16:17
-
Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda
Jahon | 15:51
Mavzuga oid

11:13
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

00:39
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi

23:17 / 22.05.2025