Jahon | 20:11 / 29.10.2016
5604
2 daqiqa o‘qiladi

Yaman prezidenti BMT tomonidan taklif qilingan yarashuv rejasini rad etdi

Foto: Reuters

Yaman prezidenti Abdu Rabbu Mansur Hadiy BMT tomonidan taklif qilingan mamlakatdagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini rad etdi. Bu haqida prezident ma'muriyatidagi manbasiga tayanib, "Frans Press" xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Hadiy Uld Shayx Ahmadni (BMTning Yamandagi maxsus elchisi) qabul qilgan va elchi tomonidan yetkazilgan BMT taklifini rad etgan.

Bundan avval BMT Yamandagi hukumat va isyonkor xusiylar o‘rtasidagi ziddiyatni hukumatning yangi tuzilmasini yaratish yo‘li orqali hal qilishni taklif qilgandi. BMTning yangi rejasi ikki tomondan ham chekinishni talab qiladi: xusitlar poytaxtni tark etishlari kerak bo‘ladi, buning evaziga vitse-prezident Al-Axmar o‘z lavozimidan voz kechadi, Hadiyning vakolatlari esa jiddiy chegaralanadi. 

Yamandagi hukumat va xusiylar o‘rtasidagi ziddiyat 2014 yildan beri  davom etib kelmoqda. Harbiy harakatlar natijasida isyonkorlar poytaxt Sanoni qo‘lga olishdi va o‘zlarining hukumat idoralariga asos solishdi, Hadiy esa Ar-Riyodga qochishiga to‘g‘ri keldi. 

2016 yilda Yamandagi ziddiyat ishtirokchilari bilan bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakun topmadi, avgust oyidan tomonlar yana faol harbiy qarshilikka o‘tishdi. Xusiylar tomonida Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solihning sodiq harbiylari jang olib borishmoqda. Hukumatni esa Saudiya Arabistoni boshchiligdagi arab harbiy koalitsiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda. 

 

Mavzuga oid