08:57 / 29.10.2016
6291

Amerikalik hindular Klinton ofisida o‘z milliy kulbalarini o‘rnatishdi

Foto: © L!FE

AQShda hindular jamoasi vakillari o‘z yurtlari – Shimoliy Dakota shtatida neft quvuri qurilishiga qarshilik sifatida keskin choralarga bordilar. Bu haqda xorijiy OAV  xabar bermoqda. 

27 oktabrda bu masala bo‘yicha Xillari Klinton idorasiga tashrif buyurgan hindular AQSh prezidenti lavozimiga nomzodning bee'tiborligidan achchiqlanishgan. Norozilik sifatida ular Klintonning Nyu-Yorkdagi ofisida o‘zlarining milliy kulbalari – vigvamni barpo etishgan va milliy qo‘shiqlarni baralla kuylay boshlashgan.

Hindularning aytishicha, quvur qurilishi u yerdagi qadimiy qabrlarni, muqaddas joylarni vayron qiladi hamda hindularni Missuri daryosiga chiqish imkoniyatidan mahrum qiladi. 

20 ga yaqin yoshlar ofisga tayoqlar va mato bilan kirib, ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida kulbani o‘rnatishdi va unga "Biz bu yerga himoya qilish uchun keldik! Suv – bizning hayotimiz!" degan banner ilib qo‘yishdi.

Politsiya 15 daqiqadan so‘ng namoyishchilardan binoni tark etishlarini so‘ragan. 

Klinton shamancha chaqiriqlar va idorasida hindular kulbasi paydo bo‘lganini javobsiz qoldirgan. Namoyishchilar Klintonga maktub berishga urinishgan, biroq Klinton vakillari uni qabul qilishdan bosh tortishgan.

 

Mavzuga oid
Top