08:16 / 29.10.2016
7288

Obama rafiqasi hech qachon prezident bo‘la olmasligini ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama uning rafiqasi Mishel Obama hech qachon mamlakat prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘ymasligini aytdi. Bu haqda Time nashri xabar bermoqda

"U hech qachon nomzodini qo‘ymaydi. U yorqin va iste'dodli inson va men undan bundan ortiq faxrlana olmayman, biroq Mishelga nomzod bo‘lish uchun sabr va intilish yetmaydi", deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, u prezidentlik vakolatlari tugagandan keyin rafiqasi bilan jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni davom ettiradi.

"Biz ko‘p ishlashda davom etamiz, faqat buni shunchaki boshqacha qilamiz", deb qo‘shimcha qildi Obama.

Avvalroq Obama o‘z lavozimidan ketgach, o‘zining keyingi faoliyatini texnologiyalar bilan bog‘lashi, misol uchun Silikon vodiysida o‘ziga ish topishi mumkinligi ma'lum qilingandi. 

 

Top