Tojikiston Rog‘un GESini barpo etish maqsadida Vaxsh daryosini to‘sib qo‘ydi

Foto: prezident.tj
Tojikiston 29 sentabrdan dunyodagi eng baland Rog‘un GESning toshli-shag‘alli to‘g‘onini barpo etishni boshladi. Qurilish ishlari boshlanishi uchun Vaxsh daryosi to‘sib qo‘yildi.
Shu munosabat bilan, Rog‘un gidroelektrstansiyasining to‘g‘onini qurish ishlarini boshlash tantanali marosimi bo‘lib o‘tgan. Marosim, 29 oktabr kuni Rog‘un shahrining Vaxsh daryosi qirg‘og‘ida tashkil etilgan. Tojikiston respublikasi prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, qurilishga start berish tantanasida davlat rahbari Emomali Rahmon, tojik hukumati vakillari, parlament palatalari a'zolari, fan arboblari va yoshlar vakillari qatnashgan. Ular Vaxsh daryosi o‘zanining o‘zgartirilishiga guvoh bo‘lishgan.
Rog‘un GES Vaxsh daryosi bo‘ylab barpo etilgan navbatdagi to‘qqizinchi GES kaskadi bo‘ladi. U, Dushanbe shahridan 110 km uzoqlikda joylashgan. Loyihaga ko‘ra, GES har birining quvvati 600 mVtni tashkil etuvchi oltita agregatdan iborat bo‘ladi.
Stantsiya tosh-shag‘al to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil etadi. Bu dunyodagi eng baland to‘g‘on bo‘lishi kutilayapti. Rog‘un GES 3600 mVt (yiliga 17 mlrd. kVt/soatdan ko‘p) elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan mintaqada eng yirik GES hisoblanadi.
Ayni vaqtda, inshootni barpo etish ishlariga 15 ming kishi va 2,1 mingdan ortiq texnika jalb etilgan.
Ish jadvaliga ko‘ra, Rog‘un GESning birinchi agregati 2018 yil oxirida ishga tushishi kerak. Ikkinchi agregati 2019 yil aprelida foydalanishga topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati, mintaqadagi boshqa davlatlar, xususan Amudaryo quyi qismida joylashgan Turkmaniston hukumati bilan birga mazkur GESning qurilishiga keskin noroziligini bildirib keladi. Uning haddan tashqari balandlikda, seysmik faol hududda barpo etilayotgani O‘zbekiston janubi va Turkmaniston sharqiy hududlariga jiddiy xavf solishi mumkinligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston agrar xo‘jaliklari ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan suv tanqisligini keltirib chiqarishi uqdiriladi.
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

16:09 / 15.04.2025