Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat departamenti Istanbuldagi xodimlari oilalariga AQShga qaytishni buyurdi
Foto: © AP
AQSh davlat departamenti AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimlari qarindoshlariga terrorchilik guruhlari jangarilari tomonidan hujum qilinishi mumkinligi sababli AQShga qaytishni buyurdi. Bu haqda gazeta.ru xabar bermoqda.
"Davlat departamenti ekstremistik guruhlar Istanbulning AQSh fuqarolari yashaydigan joylarida ularga hujum qilish bo‘yicha o‘zining tajovuzkor urinishlarini davom ettirayotgani haqidagi ma'lumot asosida shunday qaror qabul qildi", deb aytildi ogohlantirish matnida.
Davlat departamentida bu buyruq AQShning Turkiyaning boshqa shaharlaridagi vakolatxonalari xodimlari oilalariga taalluqli emasligi ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
10:14 / 31.01.2026
Istanbulda qotillik qurboni bo‘lgan Durdona Hakimovaning jasadi vatanga qaytarildi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026