13:50 / 30.10.2016
6085

AQSh va Janubiy Koreya KXDRga bosim o‘tkazishni kuchaytirish mexanizmini ishlab chiqishmoqda

Foto: © Flickr

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya "Pxenyanga bosim o‘tkazishni kuchaytirish maqsadida doimiy mexanizmni yaratishmoqda". Bu haqida KXDRning markaziy gazetasi hisoblangan "Nodon sinmun"da chop etilgan maqolada ma'lum qilingan. Unda yaqindagina Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSh va KR mudofaa va tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi haqida so‘z yuritilgan. 

Uchrashuvda tomonlar KXDRga doir yangi muhokama formatini yaratish haqida qaror qabul qilishgan. Gap "Shimoliy Koreya tomonidan bo‘ladigan fitna va tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish maqsadida mazkur strategiyada muntazam ravishda siyosiy va harbiy jihatdan ish olib boruvchi maslahat guruhi" haqida bormoqda.

Manbaga ko‘ra, bunday qaror KXDRni "birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan izolyatsiya qilish va bo‘g‘ish" yo‘lida Vashington va Seul ittifoqining mustahkamlanishidan dalolat beradi. Nashr ma'lumotida yangi tizimning "Amerika strategik atom aviatashuvchilari, suv osti kemalari va bombardimonlaridan foydalanishni ko‘zda tutishi" ta'kidlangan.  
 

Mavzuga oid
Top