Hollivud yulduzlari Arnold Shvartsenegger va Jyeki Chan rossiyalik Oleg Stepchenkoning "Viy" filmi sikvelida suratga tushishadi. Film nomi - "Xitoyga sayohat: Temir niqob siri". Bu haqida film prodyuseri Gleb Fetisovning matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.

"Shvartsenegger ishtirokidagi s'yomkalar Xitoyda bo‘lib o‘tmoqda. U bilan birga "Viy-2" filmida yana bir Hollivud yulduzi Jyeki Chan ham suratga tushmoqda", - deyiladi xabarda.

Kartina syujyetiga ko‘ra, ingliz sayyohi Jonatan Grin Rossiya imperatori Pyotr I'dan Uzoq Sharq xaritalarini tayyorlashga buyurtma oladi, ushbu vazifani bajarish jarayonida u Xitoyga kelib qoladi.

Bundan avval sikvel yaratuvchilari mazkur filmning xitoy milliy kartinasi bo‘lishi haqida aytishgandi.

Rossiya va Xitoy kinoijodkorlari hamkorligidagi "Viy-2: Xitoyga sayohat" filmi premerasi 2017 yilning boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.