08:26 / 30.10.2016
4580

Erdo‘g‘an Turkiya parlamenti qatllar haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya hukumati yaqin orada mamlakat parlamenti ixtiyoriga qatllar haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun topshirishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Rress axborot agentligi.  

Erdo‘g‘anning aytishicha, hukumat bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishda G‘arb davlatlari emas, balki Turkiya xalqi fikriga tayanadi. 

Erdo‘g‘an avgust oxirida parlamentda yetarli ovoz berilsa, o‘lim jazosini qaytarishga va'da bergandi.

 

Mavzuga oid
Top