Iqtisodiyot | 00:08 / 30.10.2016
6284
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin

Foto: iStockphoto

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining 2017-2019 yillarga bergan prognoziga ko‘ra, Xitoy 2017 yilda neft importi bo‘yicha AQShdan o‘zib ketishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Xitoyda joriy yilning yanvaridan sentabrigacha neft importi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 14 foizga ortgan. Bundan Xitoy bosh bojxona boshqarmasi ma'lumotlari guvohlik bermoqda. Bojxona ma'lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri Xitoy 283,51 mln tonna neft import qilgan, 2015 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 248,62 mln tonnani tashkil qilgan.

Xitoy sentabrda 33,06 mln tonn neft import qilgan. Ta'kidlanishicha, Rossiya, Angola, Iroq sentabrda Xitoyga neft yetkazib beruvchi uchta yetakchi davlat bo‘ldi. 

 

Mavzuga oid