Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim meri zilzila sababli maktablarni yopishga qaror qildi
31 oktabrda Italiya poytaxti Rimdagi maktablar 30 oktabrda mamlakatning markaziy qismida yuz bergan zilzila sababli yopiladi. Bu haqda Rim meri Virjiniya Raji feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi.
"Rim ma'muriyati dushanba kuni barcha o‘quv maskanlarini zilzila oqibatida shikastlanishlar olganiga batafsil texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun yopishga qaror qildi", deb yozdi Raji.
Avvalroq mutaxassislar zilziladan keyin Rimdagi tarixiy binolarning texnik holatini tekshiruvdan o‘tkazishgandi. Ma'lum qilinishicha, Kollizey shikastlanmagan. Vaqtinchalik metro yopilgan, biroq keyinroq poyezdlar harakati tiklangan.
30 oktabrda Italiyaning markaziy qismida mahalliy vaqt bilan soat 07:40da 6,5 magnitudalik zilzila yuz berdi. Zilzila kuchi Rim va boshqa ko‘plab shaharlarda sezilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 24.01.2026
Germaniya va Italiya hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishib oldi
22:40 / 19.01.2026
Mashhur Valentino modalar uyi asoschisi vafot etdi
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
15:11 / 10.01.2026