Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Klintondan 1 foizga ortda qolmoqda
Foto: © AP
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha o‘zining asosiy raqibi Xillari Klintondan bor-yo‘g‘i 1 foizgina ortda qolmoqda. Bundan The Washington Post gazetasi va ABC telekanali o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovnoma ma'lumotlari guvohlik bermoqda.
Klintonga so‘ralganlarning 46 foizi, Trampga 45 foizi ovoz berishga tayyorliklarini bildirishgan.
So‘ralganlarning uchdan biri Klintonga nisbatan FQB tomonidan xizmat yozishmalari ishi bo‘yicha tergovning qayta boshlanishi sababli unga ovoz bermasliklarini aytishgan.
Ma'lum qilinishicha, so‘rovnomada 1160 kishi ishtirok etgan, u 25-28 oktabr kunlari o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
22:05 / 20.08.2024
Xillari Klinton Kamala Xarrisga «shisha shift»ni sindirish vaqti kelganini aytdi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020