17:59 / 30.10.2016
19260

O‘zbekiston va jahon sahnasidagi eng muhim voqealarning fotoalbomi

Foto: Kun.uz

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovardir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

Foto: AFP

Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson Parij markazidagi shaxsiy do‘koni ochilishi marosimida ishtirok etdi.

Foto: Le Parisien

Parij shahri yaqinidagi La-Kurnyovda yo‘nalishli avtobusga o‘t qo‘yildi.

Foto: fakti.bk

Kodak Ektra — retro uslubidagi kamerofon

Foto: DPA

Germaniyaning Bremen shahrida 23 oktabrda ertalab mamlakat armiyasiga tegishli 15 ta yuk mashinasi yonib ketdi.

Foto: The Desert Sun

23 oktabrda AQShning Kaliforniya shtatida sayyohlar avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi.

Foto: EPA/ALI HAIDER

Qatarda sobiq amir Xalifa ibn Hamad Ol Soniy 85 yoshida vafot etdi.

Foto: Reuters/ Brendan McDermid

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni "yalang‘och" aks ettiruvchi haykal 22 oktabrda Los-Anjyelesdagi auksionda 22 ming dollarga sotildi.

Foto: A.V.Anoxin nomidagi Oltoy Respublikasi milliy muzeyi

Olimlar Chingizxonga tegishli, Rossiyaning Oltoy Respublikasida saqlanuvchi qo‘lyozmalarni rasshifrovka qilishdi. Unda buyuk sarkardaning avlodlarga o‘gitlari bitilgan.

Foto: VVS

Joze Mourino «Chelsi»ga qarshi o‘yindan keyin raqiblar bosh murabbiyi Antonio Kontega nima degani ma'lum bo‘ldi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

24 oktabr ertalabdan Oybek ko‘chasining Nukus va Turkiston ko‘chalari bilan kesishmalaridagi harakati to‘liq tiklandi.

Foto: EMER-G-MED

JARda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida 200 ga yaqin kishi jarohat oldi

Foto: EPA

Urugvayning sobiq prezidenti 89 yosh arafasida vafot etdi

Foto: AVS

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbull ishtirokidagi majlis o‘tkazilayotgan bino hududida shift quladi.

Foto: Twitter/ianbremmer

Suriyalik rassom Yaqin Sharqning “Ozodlik haykali”ni yaratdi

Foto: AP

Fransiyaning Kale shahri yaqinidagi noqonuniy muhojirlarning noqonuniy lageri dushanba kundan boshlab buzila boshlandi. Muhojirlar boshqa markazlarga jo‘natilmoqda. Noqonuniy lagerning buzilishi chegara munosabatlarini me'yorga soluvchi Fransiya-Buyuk Britaniya Bitimiga mos keladi.

Foto: Getty Images

Germaniyada Yevropa Ittifoqiga 4 rafiqasi va 23 farzandi bilan kelgan suriyalik qochqin bir yil ichida umumiy miqdori 360 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qiladigan turli nafaqalar olgan.

Foto: VVS

Dunyodagi ilk futbol klubi tashkil topganiga 159 yil bo‘ldi

Foto: VVS

Kun fotosi: O‘limdan qochayotganlar

Foto: tjournal

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi qurilmaning old panelini deyarli to‘liq egallagan Mi Mix smartfonini taqdim etdi.

Foto: AFP

"Jivs va Vuster" hamda "Shifokor Xaus" seriallari yulduzi 57 yoshli britaniyalik aktyor Xyu Lori Hollivuddagi Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi.

Foto: The Guardian

“Afg‘on Mona Lizasi” soxta hujjat olib yurish aybi bilan hibsga olindi

Foto: Myday

29 oktabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi. U ikkinchi bor turmushga chiqmoqda. Xonandaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i boshlovchi Farhod Alimov.

Foto: gov.kg

26 oktabr kuni O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya javob tariqasidagi tashrif bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari, davlat organlari, ilm-fan va maorif, madaniyat va san'at sohalari vakillaridan iborat bo‘ldi.

Foto: Dominic Patten/Deadline

Trampning Gollivudda shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi buzib tashlandi

Foto: BBC

Musulmon oila Isroil aeroportidagi sinagogani masjid deb o‘ylab, unda ibodat qildi

Foto: revenue.ie

Irlandiyaning Liskannora shahri qirg‘oqlariga ichida 5 mln yevrolik kokain bo‘lgan 2,5 metrlik torpedo chiqib qolgan. news-hl-cm portali ma'lum qilishicha, bu torpedoni shu yilning yoz oxirida Maykl Voan ismli mahalliy erkak aniqlagan. 

Foto: liverpoolecho

Britaniyalik narkobaron yashirinishdan charchadi va politsiyaga taslim bo‘ldi

Foto: Marca

«Real Sosedad» stadion atrofida uxlab qolgan uysiz kishini ishga yolladi. 35 yoshli Ruben Vitoriano va uning Mundo laqabli iti 3 yildan buyon San-Sebastyanda istiqomat qilib kelardi. Ular keyingi 8 oyda "Anoeta" stadioni yaqinida tunashgan.

Foto: caravan.kz

Qozog‘iston Olmaota viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Talgar (Talxiz) shaharchasida yo‘l qurilishi ishlarini to‘xtatishga qaror qilindi.

Foto: Mercedes-Benz

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘z tarixidagi ilk pikapni yaratdi. X-Class premium modeli hozircha kontsept-kar maqomiga ega, uning seriyali ishlab chiqarilishi 2017 yildan yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: © Cassie Depecol caters news

Amerikalik sayyoh 15 oy ichida 180 mamlakatni kezib chiqdi

Foto The New York Times

Janubiy Koreyada yangi tendensiya avj olmoqda, unga ko‘ra, mamlakat aholisi o‘zining dafn marosimini mashq qilishi mumkin.

Foto: inform.kz

Qozog‘iston Qirg‘izistonga o‘q-dori va qurol-aslaha taqdim qildi

Foto: "Moskva" agentligi

Moskvada yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Voqea Musa Jalil ko‘chasida yuz bergan.

Foto: AP

26 oktabr kuni Italiyada 6,2 balli yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi o‘n kilometr chuqurlikda joylashdi.

Foto: AP

Apple kompaniyasi sensor panelli MacBook Pro’ni taqdim qildi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Toshkentda haydovchi avtohalokatdan keyin ikkiga ajralgan avtomobil ichidan tirik chiqdi

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Facebook tarmog‘idagi "Potrebitel.uz" guruhi a'zolari iste'molchi sifatida biror bir mahsulot yoki xizmat ko‘rsatish markazlariga muntazam ravishda o‘z munosabatlarini bildirishadi. 28 oktabr, juma kuni Zlata Kazakova ismli foydalanuvchi Reggae bean kafesida ko‘rsatilgan xizmatga o‘z noroziligini bildirdi.

Foto: BBC

AQShning Shimoliy Dakota shtatida neft quvuri qurilishiga qarshi chiqayotgan faollar lagerini tarqatish vaqtida 141 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarni ushlash operatsiyasida harbiy mashinalar, maxsus texnika va vertolyotlardan foydalanilgan.

Foto: Getty Images

Joli va Pitt Yangi Orleandagi uylarini sotishdi

Foto: Globallookpress

Berlinda Gitler bunkerining aniq nusxasi barpo etildi

Foto: electrek.co

Tesla Motors quyosh batareyasi o‘rnatilgan tomni namoyish etdi

Top