O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 2016-yilning 2-3 noyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilingan.

Tashkilotga a'zo davlatlarning hukumat rahbarlari ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladilar.