Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda Rossiyaning A321 samolyoti falokati qurbonlari xotirasi yod etildi
Arxiv surat / krpress.ru
Misrning Sharm-ash-Shayh shahrida Sinay yarimorolida Rossiyaning A321 samolyoti falokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Shaharning Tinchlik maydonida shamlar bilan motam yurishi tarzida o‘tgan aksiyada bir necha yuz kishi, jumladan Misr fuqarolik aviatsiyasi vaziri Sharif Fathiy, Janubiy Sinay viloyati gubernatori Xolid Fuda, Rossiyaning Misrdagi elchisi Sergey Kirpichenko ishtirok etdilar.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning "Kogalymavia" aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan hamda Sharm-ash-Shayhdan Sankt-Peterburgga parvoz qilayotgan A321 samolyoti bir yil avval, ya'ni 2015 yil 31 oktabrda Misr osmonida falokatga uchragandi. Samolyotda bo‘lgan barcha 217 yo‘lovchi va ekipajning 7 nafar a'zosi halok bo‘lgan. Fojia terakt sifatida tasniflangan.
Fathiy Misrning butun siyosiy rahbariyati nomidan qurbonlar oilalariga samimiy hamdardlik bildirdi.
O‘z navbatida Rossiyaning Misrdagi elchisi Sergey Kirpichenko Rossiya o‘sha fojiali damlarning birinchi onlaridanoq "butun Misr xalqining hamdardligi, hamjihatligini his qilib turganini" aytdi.
Mavzuga oid
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025
O‘zbekiston–Misr: to‘qimachilikda qo‘shma korxonalar tashkil etiladi
12:45 / 13.12.2025