OAV: Britaniya do‘konlari "yo‘q qilib bo‘lmas" banknotalarni qabul qilishdan bosh tortmoqdalar
Buyuk Britaniya do‘konlarida Uinston Cherchill tasviri tushirilgan 5 funt sterlinglik yangi qog‘oz pullarni qabul qilishdan bosh tortilmoqda. Turli ta'sirlarga o‘ta chidamli banknotalarning qabul qilinmasligiga ko‘pchilik uning mustahkamligini tekshirib ko‘rishga urinishi tufayli unga shikast yetkazilganligi sabab bo‘lmoqda.
The Sun nashrining yozishicha, sentabrda muomalaga kiritilgan yangi pullar qog‘ozdan emas, balki polimer materiallardan tayyorlangani sababli juda pishiqligi ma'lum qilingandi.
Bundan keyin ushbu qog‘oz pullarning egalari uning pishiqligini tekshirib ko‘rish uchun ularni kir yuvish mashinalarida tekshirishga, yirtishga, tirnashga, spirtli ichimliklar bilan ta'sir qilishga urinishgan, ya'ni bularning barchasi ushbu pullar Angliya banki ta'kidlaganidek, "yo‘q qilib bo‘lmas" ekanligini tekshirish uchun qilingan.
Shundan keyin bunday banknotalar bilan xarid amalga oshirilmoqchi bo‘lganda ko‘pchilik sotuvchilar ko‘rinishi buzilgan qog‘oz pullarni qabul qilishdan bosh tortishgan.
Mavzuga oid
22:11 / 07.11.2024
Buyuk Britaniya yollanma guruhlar va Skripalni zaharlaganlarga qarshi sanksiyalar qo‘lladi
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
22:34 / 04.11.2024