2016 yil 19 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat vazirligining “O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning yangi miqdorlari tasdiqlandi. Mazkur miqdorlar 2016 yil 1 oktabrdan boshlab amalga kiritilishi belgilab qo‘yildi. 

Xushnudbek.uz saytida Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, shuningdek mazkur davlat muassasalarida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari keltirilgan.

Unga ko‘ra, professor, fan doktori yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quvchilar tomonidan to‘lanadigan soatbay haq miqdori 31 ming 472,7 so‘mni tashkil qiladi. Xuddi shu toifadagi xodimlar Oliy ta'lim muassasalarida soatiga 35 968,8 so‘m, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalarida (kurslari) tinglovchilaridan* 43 463,1 so‘mdan, kurslar tinglovchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan** 24 545,1 so‘mdan soatbay haq oladi.

O‘z navbatida dotsent, fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida 18 458,4 so‘m, oliy ta'lim muassasalarida 22 717,9 so‘m, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha ta'lim muassasalarida (kurslari) 29 817,2 so‘m, kurslar tinglovchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti talab etiladigan lavozimlarni egallab turgan xodimlardan 14 287,9 so‘mdan soatbay haq oladi.

Ilmiy darajaga ega bo‘lmagan shaxslar*** soatbay ish haqi esa mos ravishda 12 662,5 so‘m, 16 461,1 so‘m, 24 058,7 so‘m va 9 637,5 so‘mdan etib belgilangan.

Umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga o‘tgan darsi uchun soatbay haq to‘lash miqdorlari quyidagicha: