23:42 / 02.11.2016
6382

Apple yig‘iluvchi smartfonga patent oldi

Foto: Digital Trends

Apple kompaniyasi yig‘iluvchi smartfonga patent oldi, deb xabar bermoqda Newsweek nashri.

Patentda iPhone smartfoni uglerod nanoquvurchalar qo‘llash hisobiga o‘rtasidan buklana olishi g‘oyasi ta'riflangan. 

Nashrning ta'kidlashicha, kompaniya 2013 yildan beri yig‘iluvchi va egiluvchi smartfon yaratish bilan shug‘ullanib keladi. Apple bunday g‘oyalar bilan qiziquvchi yagona kompaniya emas, misol uchun, Samsung bunday texnologiya bilan bog‘liq o‘nlab patentlarga ariza topshiradi.

Bu g‘oyalardan biror-biri haqiqatga aylanishi noma'lum, biroq bunday g‘oyalarga qiziqishning davom etishi kompaniya shunga o‘xshash biror narsani amalga oshirishga jiddiy istak bildirishini taxmin qilishga imkon beradi.

 

Mavzuga oid
Top