Yekaterinburgda rasman OIV epidemiyasi e'lon qilindi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida rasman Odam immuntanqisligi virusi epidemiyasi e'lon qilindi. Bunga shaharda istiqomat qiluvchi aholining har 50 kishidan biri ushbu kasallik bilan xastalangan, deb xabar qilmoqda Ura.ru sayti.
Vaziyatning jiddiylashib borayotgani haqida Yekaterinburg shahri sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari birinchi o‘rinbosari Tatyana Savinova ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 100 ming kishidan 1826 kishi, ya'ni Yekaterinburg aholisining 1,8 foizi kasallangan.
«Biz allaqachon, ko‘rsatkich 1 foizdan oshgan vaqtda infeksiyaning umumiylashgan darajasiga chiqqan edik», — deya qo‘shimcha qilgan Savinova.
Yekaterinburgda OIV infeksiyasi bilan bog‘liq jami 26693 holat ro‘yxatga olingan. Biroq bular rasman ma'lum bo‘lganlaridir, — haqiqiy kasallanganlar soni bundan ko‘proq bo‘lishi aniq.
Virusning tarqalishi giyohvand moddalar iste'moli hamda betartib jinsiy hayot (tegishli ravishda 52 va 46 foiz) kechirish vositasida yuz bermoqda. Rossiyada bir jinsli aloqalar vositasida bu kasallik juda kam tarqalishi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
13:50 / 22.10.2024
Olimlar OIV bilan kasallangan odamlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish xavfsizligini isbotladi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024