10:54 / 02.11.2016
7029

Gvardiola: «Yigitlar uchun xursandman – biz dunyoning eng yaxshi jamoasini ilk marta yengdik»

Foto: Reuters

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Barselona» dastlabki 30 daqiqa davomida fantastik o‘yin ko‘rsatdi. Bu vaqt davomida biz ko‘p muammolarga duch keldik, ammo birinchi golimiz bizga katta yordam berdi.

Ikkinchi bo‘limda ko‘plab qarshi hujumlar tashkil qildik. Men yigitlar uchun xursandman, ular ilk marta jahonning eng yaxshi jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi», — degan Gvardiola.

Top