Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Mo‘suldan Suriyaga ketish haqida ko‘rsatma oldilar
Foto: Berci Feher ZUMAPRESS/ globallookpress
IShID rahbariyati Iroqning Mo‘sul shahrida qolayotgan jangarilarga shaharni tark etib, Suriyaga yo‘l olishni buyurdi. Bu haqda arab OAVga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Mo‘suldan olinayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, IShID yetakchilari barcha jangarilarga Furot daryosining g‘arbiy va sharqiy sohillarini tark etib, Suriyaga yo‘l olishni buyurgan. Mo‘sul aholisi ikki yil ichida ilk marotaba o‘zini erkinroq his qila boshladi", deb aytilgan mahalliy telekanallardan birida.
Jurnalistlarning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilarning ommaviy qochishiga Iroq hukumat armiyasining muvaffaqiyatlari sabab bo‘lmoqda. Jangarilar Mo‘sulni o‘z poytaxtlari deb atab, uni 2 yilga yaqin ushlab turgan. Biroq Iroq qo‘shinlarining bir qator operatsiyalari jangarilarni chegara orqali Suriyaga qochishga majbur qilgan. Jangarilar Suriyada to‘planayotgan joylardan biri Raqqa shahri bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
10:04 / 31.01.2026