Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 2 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 2 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
«O‘zbektelekom»da rahbar o‘zgardi
Foto: farishta.uz
O‘zbekistonda milliy telekommunikatsion operator hisoblanmish «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining yangi bosh direktori Shuhrat Qodirov bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklashga juda yaqin turibdi
Foto: uzairways.com
Bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumatlararo loyiha tayyor va ayni vaqtda o‘zaro kelishish bosqichida turibdi.
>>> Batafsil.
Tadqiqot: Quvvat beruvchi ichimliklarning asosiy xavfli jihati aniqlandi
Foto: Daily Mail
Shifokorlar o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, quvvat beruvchi ichimliklarni iste'mol qilish gepatit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin.
>>> Batafsil.
Janubiy Koreyaga yangi bosh vazir tayinlandi
Foto: © EPA
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe mamlakatning yangi bosh vazirini tayinladi. Endilikda Kim Ben Jun hukumat rahbari bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Kalyandan foydalanish sog‘liq uchun naqadar zararli?
Foto: Getty Images
O‘zbekiston xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi jamoat joylarida kalyandan foydalanishni taqiqlash tashabbusi bilan chiqdi.
>>> Batafsil.
"Olmaota mergani"ga o‘lim jazosi tayinlandi
Foto: Informburo.kz
Olmaota shahri jinoiy ishlar bo‘yicha maxsus tumanlararo sudi Ruslan Kulekbayevga oliy jazo tayinladi.
>>> Batafsil.
Qozog‘iston AES qurish rejasi borasida yakuniy xulosaga keldi
Foto: RIA
Dunyoda uran qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan Qozog‘iston Respublikasi yaqin yetti yilda o‘zining atom elektrstansiyasini qurishni rejalashtirmayapti.
>>> Batafsil.
OAV: Saudiya Arabistoni shahzodasi darralandi
Foto: Reuters
Saudiya Arabistoni podshohligining hukmron Al Saud sulolasi shahzodasi sud qaroriga binoan kaltaklandi.
>>> Batafsil.
WP: ku-kluks-klanning rasmiy nashri Trampni qo‘llab-quvvatladi
Foto: washingtonpost.com
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlagan kam sonli AQSh gazetalari orasidan qora tanlilarga qarshi chiquvchi ku-kluks-klan tashkilotining rasmiy gazetasi "Salb yuruvchisi" nashri alohida ajralib turadi.
>>> Batafsil.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i Gameroom o‘yin platformasini ishga tushirdi
Foto:techcrunch.com
Facebook ijtimoiy tarmog‘i Gameroom o‘yin platformasini ishga tushirdi.
>>> Batafsil.
Range Rover dunyodagi eng tezkor yo‘ltanlamas bilan kuch sinashdi

Britaniyaning AutoExpress nashri dunyodagi seriyali ishlab chiqariluvchi eng tez yo‘ltanlamas Bentley Bentayga bilan SVAutobiography deb nomlanuvchi hashamdor Range Rover o‘rtasida poyga tashkil etdi.
>>> Batafsil.
FIFA qo‘mitasi yil murabbiyligiga nomzodlarning ro‘yxatini ma'lum qildi

FIFA futbol qo‘mitasi 2016 yilning eng yaxshi erkak murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlarning 10 kishidan iborat ro‘yxatini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Messi «Manchester Siti» futbolchilari bilan o‘yindan keyin janjallashib qoldi
Foto: Reuters
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi YeChL guruh bosqichi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin inglizlar klubi futbolchilari bilan munozaraga kirishgan.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
18:17 / 19.09.2025
Telekommunikatsiya operatorlariga tashqi internet kanallariga ulanishga ruxsat berildi
13:00 / 05.06.2025
«O‘zbektelekom» AJ Humans mobil operatori bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi
19:09 / 03.06.2025
Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi
14:01 / 04.01.2025