11:10 / 02.11.2016
11462

Markaziy saylov komissiyasida ishonch telefoni ishga tushirildi

2016 yil 1 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kecha-yu kunduz ishlab turadigan ishonch telefoni (0 371 239-35-62) ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ishonch telefoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonun buzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko‘rish hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta'minlash maqsadida ishga tushirildi.

Shuningdek, faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz) fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.

Top