20:25 / 03.11.2016
6399

Xitoyning ulkan raketa-tashuvchisi uchirilishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi

© AFP

Xitoyning eng ulkan raketa-tashuvchisi «Buyuk yurish-5» («Chanchjyen-5») muvaffaqiyatli uchirilgan deb tan olindi. Bu haqda Sinxua agentligi ma'lum qilgan.

Raketa shu yilning sentabrida Xaynan viloyatidagi Venchan kosmodromiga keltirilgandi.

Raketa mahalliy vaqt bilan soat 20:43da (Toshkent vaqti bilan soat 17:45da) uchirilgan. 40 daqiqa o‘tib, uchish muvaffaqiyatli amalga oshgani qayd etilgan.

Ushbu raketa tuzilishida 200dan ortiq yangi texnologiyalardan foydalanilgan.

XXRning Milliy mudofaa uchun fan, texnologiya va sanoat bo‘yicha davlat idorasi (SASTIND) tomonidan xabar qilinishicha, raketa-tashuvchi ekologik sof yoqilg‘i—kerosin va suyuq kislorodda ishlovchi birinchi mahalliy raketa hisoblanadi. 

Xitoy milliy koinot boshqarmasi (CASC) vakili Chjao Chantszyanning ta'kidlashicha, yangi yoqilg‘i parvozga ketadigan xarajatlarni kamaytirish va Xitoy raketalarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

«Agar raketa muvaffaqiyatli uchirilgan bo‘lsa, Xitoy ekologik toza raketalar erasiga o‘tdi», — deya qayd etgan u.

«Buyuk yurish-5» Xitoyning yangi avloddagi eng ulkan raketa-tashuvchisi hisoblanadi. Uning balandligi 56,97 metrni tashkil etadi, asosiy qism diametri 5 metrga teng.

Mavzuga oid
Top