07:41 / 03.11.2016
5443

Isroil bosh vaziri falastinliklar bilan ixtilofni hal qilish yo‘lini ma'lum qildi

Foto: © RIA

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu arab olamida Isroilga nisbatan munosabat yaxshilanganini qayd qildi va mintaqa bo‘yicha qo‘shnilar bilan yaqinlashish falastinliklar bilan tinchlikka erishishga yordam berishiga umid bildirdi.

Uning aytishicha, ixtilofning hal qilinmagani Yaqin Sharqdagi ko‘pchilik davlatlarga Isroil timsolida radikal islom va Eronning Yaqin Sharqdagi ekspansiyasiga qarshi kurashda muhim ittifoqdoshni ko‘rishga xalaqit bermadi.

"Agar qachondir biz falastinliklar bilan munosabatlarning yaxshilanishi arab davlatlari bilan mustahkamroq tinchlikka olib keladi degan bo‘lsak, endi esa men tinchlikka teskari yo‘l bilan erishish mumkin, deb hisoblamoqdaman", deb aytdi Netanyaxu Italiya prezidenti  Serjio Matarella bilan uchrashuv vaqtida.

"Falastinliklar bilan tinchlik arab davlatlari bilan tinchlikka emas, aksincha arab olami bilan munosabatlarning mustahkamlanishi falastinliklar bilan tinchlikka olib keladigan omil bo‘ladi", deb aytdi Isroil bosh vaziri.   

Arab olamining rasmiy pozitsiyasi Isroil tomonidan 1967 yildagi urush natijalariga ko‘ra bosib olingan yerlardan ketish va millionlab falastinlik qochqinlar muammosini hal qilish evaziga Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish taklifidan iborat bo‘lmoqda.

 

Mavzuga oid
Top