Italiyaning markaziy tumanlarida yangi yerosti silkinishi qayd etildi. Mahalliy vaqt bilan 01:35 (Toshkentda 05:35)da yuz bergan zilzila Rim shahrida ham sezilgan, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti” agentligi.
Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti (Ingv) ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 4,8 ballni tashkil etgan, uning markazi Macherata viloyatida bo‘lgan. Qurbonlar va vayronalar haqida xabarlar yo‘q.
AQSh Geologiya xizmati (USGS) Peve-Torina kommunasidan 4km janubi-g‘arbida 5 ballik yer silkinishi ro‘y berganini ta'kidlamoqda.









