Karnegi-Mellon universitetida shaxsni yashiruvchi maxsus ko‘zoynak ishlab chiqildi
Pittsburgdagi Karnegi-Mellon universiteti olimlari egasining shaxsini yashiruvchi maxsus ko‘zoynak yaratishdi.
Karnegi-Mellon vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning ixtirosi yuz ifodasini tanish tizimi faoliyatini 90 foiz holatlarda "chuv tushirish"ning uddasidan chiqadi. Olimlar tomonidan ishlab chiqilgan aksessuar komik ko‘zoynak ko‘rinishida bo‘lib, ularda shisha yo‘q.
Taklif qilingan ko‘zoynak tizimning qanday qilib yuzning muayyan qismlarida joylashgan piksellar rangini solishtirishga asoslangan. Aynan ko‘zlar atrofidagi yuz qismlarining rangini o‘zgartirish uchun ham ana shunday arzon ko‘zoynaklardan foydalaniladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, ularning ixtirosi yordamida boshqa odam sifatida namoyon bo‘lish yoki sun'iy intellektdan yashirinish mumkin.
Shunga qaramay, o‘zini boshqa odam sifatida ko‘rsatish olimlarga xavfli tuyulmoqda. Karnegi-Mellondagi tajribalar vaqtida oq tanli kishi mazkur ko‘zoynak yordamida aktrisa Mila Yovovichga 87,7 foiz o‘xshashga muvaffaq bo‘lgan. G‘arbiy Osiyo fuqarosi esa ko‘zoynak taqib, aktyor Klayv Ouenga o‘xshab qolgan.
Bir juft ko‘zoynakning 3D-printerda ishlab chiqarilishi atigi 22 sentni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
21:47 / 13.12.2024
Yapon olimlari insonlarda yangi tishlarni o‘stiruvchi dori vositasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
14:42 / 05.12.2024