Jahon | 22:52 / 03.11.2016
13162
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko matbuot xizmati Qirg‘iziston prezidenti bilan bo‘lgan muloqot haqidagi xabarni o‘chirib tashladi

Foto: TASS

Ukraina prezidenti matbuot xizmati 3 noyabrda hech qanday tushuntirishsiz Pyotr Poroshenko Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan telefon orqali suhbatlashgani haqidagi xabarni o‘chirib tashladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti ma'muriyati chop etgan matbuot bayonotida ikki davlat yetakchilari telefon orqali suhbatda ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni muhokama qilishgani aytilgandi. Biroq keyinroq Bishkekda suhbat bo‘lgani inkor etildi. Qirg‘iziston prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Sapar Isakov TASS axborot agentligi bilan suhbatda bu mavzuda OAVda paydo bo‘lgan xabar "hazil bo‘lishi mumkinligini" aytgan. 

Joriy yilda Poroshenko shaxsi bir necha marotaba telefon orqali hazil qiladigan kimsalar (prankerlar) obektiga aylandi. Bunday voqealardan birida Poroshenko nomidan The New York Times nashriga intervyu berishga urinish bo‘lgan. 

 

Mavzuga oid