Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimov Bishkekda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Bishkekda ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Uchrashuv Bishkekda o‘tayotgan ShHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kelgusida rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga o‘tgan haftada amalga oshirgan turli darajadagi tashriflar va erishilgan kelishuvlar natijalariga yuqori baho berildi. Tomonlar O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini uzviy mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Bundan avvalroq, Rustam Azimov ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida qatnashib, uning boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishi ma'lum qilingan edi.
Tor doirada bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston bosh vazirlari ishtirok etishmoqda. Kengaytirilgan tartibda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda esa kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda ShHT Kotibiyati xodimlari ham ishtirok etadi.
Tashkilotga a'zo davlatlarning hukumat rahbarlari ShHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladi.
Yig‘ilish yakunida 10ga yaqin hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:43 / 10.06.2025
Rustam Azimov: “Kichik va o‘rta biznesga ko‘mak beradigan qadamlar dolzarb bo‘lib turibdi”
15:45 / 15.10.2021
Rustam Azimov hukumatdan ketganidan beri ilk marta OAVda chiqish qildi
18:06 / 07.06.2017
Rustam Azimov «O‘zbekinvest»ga rahbar bo‘lgani rasman tasdiqlandi
13:52 / 06.06.2017