Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2016 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Tomonlar turli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik sub'yektlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida erishilgan o‘zaro kelishuvlar hayotga izchil tatbiq qilinayotganidan mamnuniyat bildirdilar.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolarni ham muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar.
Suhbat konstruktiv, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida o‘tdi.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
18:02 / 05.01.2026
O‘zbekistonda bir yilda 4 000 ta standart bekor qilindi
20:57 / 03.01.2026