19:46 / 03.11.2016
4829

Sitsiliya bo‘g‘ozida kema halokatga uchrashi oqibatida 200dan ortiq kishi cho‘kib ketdi

Foto: AFP

Italiyaning Sitsiliya oroli yaqinida, shu nomdagi bo‘g‘ozda qochqinlar mingan kema halokatga uchradi va undagi 200 nafardan ortiq kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda BMT ma'lum qilgan.

"Al-Arabiya" telekanalida aytilishicha, bu kema 2 noyabr kuni Liviya qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqqandi. Undagilarning aksar qismi Gvineya fuqarolari bo‘lgan.

BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha Oliy komissariati ma'lum qilishicha, yil boshidan buyon O‘rta Yer dengizida 4 mingga yaqin kishi cho‘kib ketdi. Sitsiliya suvlarida nazorat ishlari olib boruvchi "Sofiya" guruhi admirali Enriko Kredendinoning ma'lum qilishicha, qurbon bo‘lganlarning 3 ming nafarga yaqini Liviya qirg‘oqlari yaqinida halokatga yo‘liqqan. Bu hududlarda xalqaro missiyalar harakatlanishiga ruxsat berilmagan.

Yil boshidan buyon Italiyaga dengiz orqali 155 ming muhojir kirib keldi. Bu o‘tgan yilning 10 oyidagiga nisbatan 10 foizga ko‘proqdir.

Top