21:50 / 03.11.2016
3926

Sud Britaniya hukumatiga parlament roziligisiz Brexit’ni boshlashni taqiqlab qo‘ydi

Foto: © AP

Buyuk Britaniyaning oliy sud instansiyasi 3 noyabrda mamlakat hukumati parlamentda ovoz bermasdan Brexit, ya'ni Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlashga haqqi yo‘qligi haqida hukm chiqardi. Bu masala avval parlamentda muhokama va ovoz berishdan o‘tishi lozim, deb xabar bermoqda britan OAV.

Hujjatga ko‘ra, da'vogarlar sifatida SCM Private investitsion jamg‘armasi menejyeri Jina Miller va sartarosh Deyr Tozetti dush Santush, javobgar sifatida esa Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish ishlari bo‘yicha vaziri Devid Devis chiqmoqda.

Da'vogarlar hukumat Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini boshlashga huquqi yo‘qligini aytmoqdalar: Lissabon kelishuvining 50-moddasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan Yevropa Ittifoqidan chiqishga ariza "konstitutsion talablariga muvofiq" topshiriladi. Da'vogarlarning fikricha, boshqaruvning parlament shakliga ega konstitutsion monarxiya bo‘lgan Buyuk Britaniyada bunday qaror parlament tasdig‘idan o‘tishi lozim. 

 

Top