14:39 / 03.11.2016
11763

Volvo o‘z tarixidagi eng qimmatbaho sedanni taqdim qildi

Foto: Autonews.ru

Volvo o‘z tarixidagi eng qimmatbaho to‘rt eshikli avtomobil – Excellence versiyasidagi S90 sedanining uzaytirilgan variantini taqdim qildi. Yangi mashina birinchi bo‘lib Xitoyda sotuvga chiqariladi va uning boshlang‘ich narxi 74 ming dollarni tashkil qiladi.

Foto: Autonews.ru

S90 L o‘zining bazaviy variantidan g‘ildiraklar bazasi 10,5 santimetrga uzaytirilgani bilan farqlanadi. Buning evaziga orqa o‘rindiq uchun joy kattalashdi, bu yerda oyoqlar uchun ko‘proq joy qoldirildi hamda eshik darchalari kengaytirildi. Bu mashinani ham oddiy, ham Excellence to‘plami bilan buyurtirma qilish mumkin. Mashina Excellence variantida usti shaffof tom, muzlatgich, massaj funksiyasiga ega o‘rindiqlar, oyoqlarni qo‘yish uchun tortib chiqariluvchi stolcha va multimedia tizimi moduli bilan jihozlanadi.

Foto: Autonews.ru

S90 L dvigatellari standart sedannikidan farq qiladi. Yangi mashinani 249 va 320 ot kuchiga ega T5 va T6 benzinli motorlar va 407 ot kuchiga ega T8 indeksli gibrid kuch qurilmasi bilan buyurtma qilish mumkin.

Foto: Autonews.ru

Yangi mashina birinchi bosqichda Xitoyda Geely bilan tuzilgan qo‘shma korxonada ishlab chiqariladi. Shvedlar Xitoyda shunday avtomobildan 2020 yilgacha 800 mingta ishlab chiqarishmoqchi.
 

Mavzuga oid
Top