09:10 / 04.11.2016
14645

4 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

3 noyabr tuni va 4 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Rustam Azimov ShHTning Bishkekda o‘tgan yig‘ilishida tashkilotga a'zo davlatlar bilan o‘zaro aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘zladi


Foto: gov.kg

 

O‘zbekiston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishi tarafdori, deb aytdi Bishkekda 3 noyabrda ShHTga kiruvchi davlatlar hukumat boshliqlari kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

2016 yil 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

ShHT davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishi yakunida qator hujjatlar imzolandi


Foto: © RIA Novosti

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Bishkekdagi yig‘ilish yakunlariga ko‘ra qator hujjatlarni imzoladi.

>>>  Batafsil.

Poroshenko matbuot xizmati Qirg‘iziston prezidenti bilan bo‘lgan muloqot haqidagi xabarni o‘chirib tashladi


Foto: TASS

Ukraina prezidenti matbuot xizmati 3 noyabrda hech qanday tushuntirishsiz Pyotr Poroshenko Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan telefon orqali suhbatlashgani haqidagi xabarni o‘chirib tashladi.

>>> Batafsil.

Suriyada Rossiya Davlat dumasi deputati yordamchisi halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi


Foto: kp.ua

Rossiya Davlat dumasi deputati Mixail Degtyarev (LDPR) yordamchisi bo‘lgan va Suriyaga jang qilgani ketgan Sergey Morozov 9 mart kuni Suriyada halok bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Xitoy politsiyasi yo‘l harakati qoidabuzarlarini jazolashning antiqa usulini kiritdi


Foto: Shenzhen Traffic Police / Weibo

Xitoyning Shenchjen shahri yo‘l politsiyasi mashinasi faralari bilan boshqa haydovchilarning ko‘zini qamashtiruvchi yo‘l harakati qoidabuzarlariga yangi jazolash usulini kiritdi.

>>> Batafsil.

Ogayo shtatida olmaxon muddatdan avval AQSh prezidentligi saylovlari o‘tishiga "o‘z hissasini" qo‘shdi


Foto: Erhard Nerger imagebroker/ globallookpress

AQShning Ogayo shtatidagi Mayami okrugida muddatdan avval AQSh prezidentligi saylovlari olmaxon sababli barbod bo‘lishiga bir bahya qoldi.

>>> Batafsil.

Xitoy aeroportida tartibga javob beruvchi elektroshokerli robot xodim ishlamoqda


Foto: geektimes.ru

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan Baoan xalqaro aeroportida robot-politsiyachi AnBot ishga tushdi.

>>> Batafsil.

Misr milliy valyutasini erkin suzishga qo‘yib yubordi


Foto: Reuters

Misr markaziy banki milliy valyuta – Misr funtini mamlakatda dollar tanqisligi oshayotgani va iqtisodiy tartibsizlik ortida erkin suzishga qo‘yib yubordi.

>>> Batafsil.

Butun Turkiya bo‘ylab kurdparast deputatlar hibsga olinmoqda


Foto: © EPA

Butun Turkiya bo‘ylab Xalqlar demokratiyasi partiyasining muxolif kurdparast deputatlari hibsga olinishi bo‘lib o‘tmoqda.

>>> Batafsil.

Top