Jahon | 10:16 / 04.11.2016
17449
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressida Xillari Klinton davlatga xiyonat qilishda ayblandi

© AP Photo/ Patrick Semansky

AQSh kongressida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton davlatga xiyonat qilishda ayblandi. Kongressning quyi palatasi ichki xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Maykl Makkolning aytishicha, xizmat doirasida shaxsiy pochtasidan foydalangan sobiq AQSh davlat kotibining beparvoligi sababli endi "dushmanlar" maxfiy axborotga ega bo‘ldilar va barcha amerikaliklarga xavf solishlari mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

"U bizning dushmanlarga axborot taqdim qildi va endi ular juda nozik axborotga egalar. Bu esa nafaqat Klinton va AQSh milliy xavfsizligiga, balki xorijda xizmat qiluvchi barcha AQShlik erkak va ayollarga xavf solmoqda", deb aytdi Makkol Fox News telekanali efirida.

Ma'lum qilinishicha, AQSh Federal qidiruvlar byurosi xorijiy razvedka xizmatlari Klintonning elektron maktublaridan voqif bo‘lganlariga 99 foizga ishonchi komil. Ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 5 ta davlat razvedkachilari Klinton maktublarini o‘qishgan. 

Mavzuga oid