Jamiyat | 15:01 / 04.11.2016
13460
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik prokurorning 149 kvartirasi borligi aniqlandi

Foto: Flickr

Xitoy hukumati Nanchana shahri (Tszyansi provinsiyasining ma'muriy markazi, Sharqiy Xitoy) prokuraturasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Syuy Linbao va uning qarindoshlarida umumiy qiymati 110 million yuanga teng (taxminan 16,3 million dollar) 149 kvartira borligi aniqlandi. Bu haqida TASS xabar berdi. 

Tergov versiyasiga ko‘ra, Syuy Linbao kuyovi Lun Yueu bilan bitim tuzib, firibgarlik yo‘li bilan shahardagi banklarning biridan 96 million yuanlik (taxminan 14,2 million dollar) kredit rasmiylashtirgan va ko‘chmas mulk xarid qilgan. 
 
Bugungi kunda Syuy Linbaoning prokuraturadagi hamkasblari prokuror o‘rinbosari va Lun Yueuni qo‘lga olishga order berishgan. Huquq-tartibot organlari tergov ishlarini boshlab yuborishgan. 

Mavzuga oid